@imlogram/cli
v0.1.7
Published
Scan a project for old<->new Uzbek alphabet text, review it in a local browser UI, and apply approved changes straight to your source files.
Maintainers
Readme
@imlogram/cli
Skanerlaydi. Körsatadi. Siz tasdiqlaysiz. Şundan keyingina fayllarga yozadi.
Loyihangizdagi .ts/.tsx/.js/.jsx fayllarni topib, ularning içidagi tabiiy-tilga
öxşagan matnlarni (@imlogram/core orqali)
aniqlaydi — özgaruvçi nomlari, importlar, JSX teglari va Tailwind klasslariga tegmasdan.
Keyin brauzerda lokal bir sahifa oçadi: har bir topilgan matnni körasiz, keraksizlarini
bekor qilasiz, va faqat tasdiqlangan özgarişlar diskdagi fayllarga yoziladi.
Foydalaniş
npx @imlogram/cli migrate .Skanerlanmoqda: /path/to/loyiha
14 ta matn topildi (5 ta faylda).
Körib çiqiş uçun brauzerda oçing: http://localhost:4321Brauzerda oçilgan sahifada har bir fayl böyiça topilgan matnlar röyxati, ularning konvertatsiya qilingandan keyingi körinişi, va checkbox'lar bilan tanlaş imkoniyati körsatiladi. "Tanlanganlarni qöllaş" tugmasi bosilgaç, faqat belgilangan özgarişlar fayllarga yoziladi — qolganlari tegilmay qoladi.
Parametrlar
npx @imlogram/cli migrate [papka] [--to=new|old] [--port=4321]| Parametr | Standart | Tavsif |
|---|---|---|
| papka | . (joriy papka) | Qaysi papkani skanerlaş kerak |
| --to | new | new — eski→yangi, old — yangi→eski |
| --port | 4321 | Lokal serverning porti |
Nega bu CLI kerak, sayt yetarli emasmi
imlogram.uzdagi Aylantirgiç bitta matn parçasini qabul qiladi. Bu CLI esa butun
loyihani — önlab fayllarni bir yöla — skanerlab, har bir özgarişni köz bilan
körib tasdiqlaş imkonini beradi, va natijani töğridan-töğri fayllaringizga yozadi.
Katta kod bazasini yangi alifboga ötkaziş uçun möljallangan.
Xavfsizlik
CLI heç qanday tarmoqqa (internet) sörov yubormaydi — hammasi lokal maşinangizda,
lokal serverda işlaydi. Fayllarga yozişdan oldin har doim git status/git diff bilan
tekşirib çiqiş, yoki avval commit qilib oliş tavsiya etiladi (özgarişlarni qaytarib
bölmaydigan holatga tuşmaslik uçun).
Havolalar
- Manba kod: github.com/imlogram/imlogram
- Töliq hujjatlar: imlogram.uz/hujjatlar
- Muammo haqida xabar beriş: GitHub Issues
Litsenziya
MIT
