humanize-uz
v1.2.0
Published
Raqam, sana va matnni oʻzbek tilida (lotin, 2026-yilgi lotin va kirill) inson oʻqiydigan koʻrinishga keltiruvchi kutubxona
Maintainers
Readme
humanize-uz
O‘zbek tilida inson o‘qiydigan ko‘rinishda raqam, sana va boshqa ma'lumotlarni formatlovchi kutubxona.
- Uch yozuvda natija: amaldagi lotin, 2026-yilgi yangi lotin alifbosi (ö, ğ, ş, ç) va kirill
- Qoraqalpoq tili: 2016-yilgi lotin va kirill yozuvi
- Summani soʻz bilan yozish (shartnoma va toʻlov hujjatlari uchun)
- Yozuvlar orasida transliteratsiya va apostroflarni rasmiy belgilarga keltirish
- Bogʻliqliklarsiz, TypeScript turlari bilan, ESM, Node.js 18+ va brauzer
O‘rnatish
npm install humanize-uzImkoniyatlar
1. Sonlarni formatlash
import { humanizeNumber, numberToWords, humanizeOrdinal, ordinalToWords } from "humanize-uz"
// Qisqa ko'rinishda
humanizeNumber(1250000) // "1.3 million"
humanizeNumber(1500) // "1.5 ming"
humanizeNumber(999999) // "1 million"
// So'z bilan ifodalash
numberToWords(123) // "yuz yigirma uch"
numberToWords(1500) // "bir ming besh yuz"
// Tartib sonlar
humanizeOrdinal(1) // "1-"
humanizeOrdinal(2, "full") // "2-nchi"
humanizeOrdinal(3, "full") // "3-inchi"
// Tartib sonni so'z bilan
ordinalToWords(1) // "birinchi"
ordinalToWords(22) // "yigirma ikkinchi"
numberToWordsfaqat butun sonlarni qabul qiladi (aks holdaRangeError) va rasmiyʻ(U+02BB) belgisidan foydalanadi:numberToWords(10) // "oʻn".
2. Sana va vaqt
import { humanizeDate, timeAgo, humanizeTimeRange } from "humanize-uz"
humanizeDate(new Date()) // "bugun"
humanizeDate(Date.now() + 86400000) // "ertaga"
timeAgo(new Date(Date.now() - 3600 * 1000)) // "1 soat oldin"
timeAgo(new Date(Date.now() + 5 * 60 * 1000)) // "5 daqiqadan keyin"
// Vaqt oralig'i
humanizeTimeRange(
new Date('2025-08-10T09:00'),
new Date('2025-08-10T17:30')
)
// "10-avgust, 2025, 09:00 - 17:30"3. Valyuta va Fayl hajmi
import { humanizeCurrency, humanizeFileSize } from "humanize-uz"
// Valyuta
humanizeCurrency(125000) // "125 000 soʻm"
humanizeCurrency(100, 'USD') // "$100"
humanizeCurrency(1234.5) // "1 234.5 soʻm"
// Fayl hajmi
humanizeFileSize(1024) // "1 KB"
humanizeFileSize(1572864, 1) // "1.5 MB"4. Summani so'z bilan yozish
import { amountToWords } from "humanize-uz"
amountToWords(1250000.5) // "bir million ikki yuz ellik ming soʻm 50 tiyin"
amountToWords(1250000) // "bir million ikki yuz ellik ming soʻm"
amountToWords(100, { currency: "USD" }) // "yuz dollar"
amountToWords(12.05, { fraction: "words", capitalize: true }) // "Oʻn ikki soʻm besh tiyin"
amountToWords(12.05, { locale: "uz-Cyrl" }) // "ўн икки сўм 05 тийин"Valyutalar: UZS (standart), USD, EUR. Kasr qismi 2 xonagacha yaxlitlanadi va nol boʻlsa yozilmaydi.
5. Telefon va Ro'yxatlar
import { humanizePhoneNumber, humanizeList } from "humanize-uz"
// Telefon raqami
humanizePhoneNumber("901234567") // "+998 (90) 123-45-67"
humanizePhoneNumber(998931234567) // "+998 (93) 123-45-67"
// Ro'yxatni formatlash
humanizeList(['olma', 'anor', 'behi']) // "olma, anor va behi"6. Imlo va transliteratsiya
import { normalizeUz, transliterate, detectScript } from "humanize-uz"
// Apostroflarni rasmiy belgilarga keltirish: oʻ, gʻ — ʻ (U+02BB), tutuq belgisi — ʼ (U+02BC)
normalizeUz("O'zbekiston") // "Oʻzbekiston"
normalizeUz("ma'no") // "maʼno"
// Amaldagi lotin, 2026-yilgi lotin (ö, ğ, ş, ç) va kirill orasida
transliterate("Oʻzbekiston", { to: "uz-Latn-2026" }) // "Özbekiston"
transliterate("choʻqqi", { to: "uz-Cyrl" }) // "чўққи"
transliterate("Шаҳар", { to: "uz-Latn" }) // "Shahar"
transliterate("Isʼhoq", { to: "uz-Latn-2026" }) // "Ishoq"
detectScript("Şahar") // "uz-Latn-2026"Kirish yozuvi avtomatik aniqlanadi. Lotin matnda ö, ğ, ş, ç boʻlmasa, u amaldagi imlo deb olinadi; boshqacha boʻlsa from parametrini bering: transliterate("Ishoq", { from: "uz-Latn-2026", to: "uz-Cyrl" }).
locale parametri
Soʻz qaytaradigan barcha funksiyalar oxirgi argument sifatida { locale } qabul qiladi. Standart qiymat — "uz-Latn" (amaldagi imlo), shuning uchun eski kod oʻzgarmaydi.
numberToWords(94, { locale: "uz-Latn-2026" }) // "töqson tört"
numberToWords(94, { locale: "uz-Cyrl" }) // "тўқсон тўрт"
humanizeOrdinal(2, "full", { locale: "uz-Latn-2026" }) // "2-nçi"
timeAgo(date, { locale: "uz-Cyrl" }) // "2 соат олдин"
humanizeCurrency(125000, "UZS", { locale: "uz-Latn-2026" }) // "125 000 söm"
humanizeTimeRange(start, end, { locale: "uz-Cyrl" }) // "10 сентябр, 2025, 09:00 - 17:30"| locale | Yozuv |
|---|---|
| uz-Latn | Amaldagi lotin (oʻ, gʻ, sh, ch) — standart |
| uz-Latn-2026 | 2026-yilgi lotin (ö, ğ, ş, ç) |
| uz-Cyrl | Kirill |
| kaa-Latn | Qoraqalpoq, 2016-yilgi lotin |
| kaa-Cyrl | Qoraqalpoq, kirill |
Lotindan kirillga oʻtkazish qoidalarga asoslangan. Ruschadan oʻzlashgan soʻzlar (
sentabr→сентябрь,ts→ц) lugʻatsiz toʻgʻri tiklanmaydi.
7. Qoraqalpoq tili
Soʻz qaytaradigan barcha funksiyalar kaa-Latn va kaa-Cyrl ni qabul qiladi. Brauzer va Node.js'dagi Intl qoraqalpoq tilini bilmaydi, shuning uchun soʻzlar va oy nomlari kutubxonaning oʻzida saqlanadi.
import { numberToWords, ordinalToWords, amountToWords, timeAgo, transliterate, toUpperKaa, normalizeKaa } from "humanize-uz"
numberToWords(1994, { locale: "kaa-Latn" }) // "bir mıń toǵız júz toqsan tórt"
numberToWords(1994, { locale: "kaa-Cyrl" }) // "бир мың тоғыз жүз тоқсан төрт"
ordinalToWords(6, { locale: "kaa-Latn" }) // "altınshı"
timeAgo(date, { locale: "kaa-Latn" }) // "2 saat burın"
amountToWords(1250000.5, { locale: "kaa-Latn" }) // "bir million eki júz eliw mıń swm 50 tıyın"
transliterate("Қарақалпақстан", { to: "kaa-Latn" }) // "Qaraqalpaqstan"
transliterate("Nókis", { to: "kaa-Cyrl" }) // "Нөкис"
// Í ning kichigi nuqtasiz ı: standart "altı".toUpperCase() "ALTI" beradi
toUpperKaa("altı") // "ALTÍ"
normalizeKaa("No'kis") // "Nókis" (2016-yilgacha boʻlgan apostrofli yozuv)Qoraqalpoqcha soʻzlar ona tilida soʻzlashuvchi tomonidan tekshirilgan. Xato topsangiz, issue oching.
8. pluralizeUz (eskirgan)
O‘zbek tilida sondan keyin ot birlikda qoladi: "5 kitob", "5 kitoblar" emas. Shu sababli pluralizeUz eskirgan (@deprecated) deb belgilandi va keyingi major versiyada olib tashlanadi.
0.1.x dan yangilash
1.x versiyada xatolar tuzatildi, shu sababli ayrim natijalar oʻzgardi:
| Funksiya | 0.1.x | 1.x |
|---|---|---|
| humanizeNumber(1000000) | "1.0 million" | "1 million" |
| humanizeNumber(999999) | "1000.0 ming" | "1 million" |
| timeAgo (10 daqiqa oldin) | "1 soat oldin" | "10 daqiqa oldin" |
| timeAgo (5 soniyadan kam) | "2 soniya oldin" | "hozirgina" |
| humanizeDate (ertangi kun) | "-1 kun oldin" | "ertaga" |
| humanizeCurrency(1234.567) | "1 234.567 soʻm" | "1 234.57 soʻm" |
- Notoʻgʻri sana,
NaNyokiInfinityberilsa, funksiyalar endiRangeErrortashlaydi. - Paketga faqat
import { ... } from "humanize-uz"orqali murojaat qilinadi;humanize-uz/dist/...kabi ichki yoʻllarexportssababli yopilgan. - Node.js 18 yoki undan yangi versiya talab qilinadi.
Versiyalar
Keyingi versiya (hali chiqarilmagan):
- Yangi:
amountToWords(summani soʻz bilan),ordinalToWords(tartib sonni soʻz bilan). - Qoraqalpoq tili:
kaa-Latn,kaa-Cyrllocale'lari,normalizeKaa,toUpperKaa,toLowerKaa,transliterateorqali lotin ↔ kirill. humanizeListning bogʻlovchisi endi ixtiyoriy: berilmasa tilga qarabvayokihám.
1.1.0 — npm'dagi birinchi 1.x versiya (0.1.6 dan keyin):
- Yangi:
normalizeUz,transliterate,detectScript; soʻz qaytaradigan barcha funksiyalarda{ locale }parametri (uz-Latn,uz-Latn-2026,uz-Cyrl). - Yangi eksportlar:
numberToWords,humanizeOrdinal,humanizeTimeRange,humanizeFileSize,humanizePhoneNumber,humanizeList. - Tuzatishlar:
timeAgo,humanizeDate,humanizeNumber,numberToWords,humanizeCurrency,humanizeFileSize(yuqoridagi jadvalga qarang). pluralizeUzeskirgan deb belgilandi.
Ishlab chiqish
npm install
npm test # testlar
npm run typecheck # TypeScript tekshiruvi
npm run build # dist/ papkasini yaratishdist/ git'da saqlanmaydi: npm pack va npm publish paytida prepack skripti uni avtomatik quradi, npm publish esa avval testlarni ishga tushiradi (prepublishOnly).
Yangi versiya chiqarish
npm version minor # yoki patch / major: versiya commit'i va v* tegi
git push --follow-tags # teg GitHub Actions'dagi Release workflow'ini ishga tushiradiPaket npm'ga trusted publishing orqali, tokensiz va provenance bilan chiqariladi (.github/workflows/release.yml). Nashrdan keyin shu teg uchun GitHub Release avtomatik yaratiladi; izohlar teglar orasidagi PR'lardan tuziladi.
Litsenziya
MIT
