zero_up_apk
v1.4.0
Published
Flutter APK va App Bundle fayllarini oddiy 'flutter build' dan 2-3 barobar tezroq yig'adigan, to'liq o'zbekcha buyruq qatori vositasi
Maintainers
Readme
⚡ zero_up_apk
Flutter ilovalarining APK va App Bundle (AAB) fayllarini oddiy
flutter build apk ga qaraganda ancha tez yig'adigan, to'liq o'zbekcha
buyruq qatori vositasi.
- 📊 Jarayon foizlarda ko'rinadi — qaysi bosqichda ekani o'zbekcha yoziladi
- 🚀 Kompyuter quvvatiga (RAM / yadro soni) qarab Gradle avtomat sozlanadi
- 📁 Tayyor APK ish stoliga (Desktop) — ilova nomi va versiyasi bilan atalgan yangi papkaga tushadi (
zup configbilan boshqa papkani tanlash mumkin) - 🧠 Xatolar o'zbekcha tushuntiriladi va yechimi ko'rsatiladi
- 🔄 GitHub orqali avtomatik yangilanish - npm uslubida
▕████████████████░░░░░░░░░░▏ 63% Kotlin kodi kompilyatsiya qilinmoqda 01:12O'rnatish
⚡ npm orqali (eng oddiy)
npm install -g zero_up_apkTayyor! Endi istalgan Flutter loyihangizda:
cd C:\mening_loyiham
zup apk --arm64Birinchi ishga tushirishda zup o'zini kompyuteringizda tayyorlaydi (~15 soniya, bir marta). Undan keyin darhol ishlaydi.
Talab: Flutter o'rnatilgan bo'lishi. Boshqa hech narsa kerak emas — Dart Flutter bilan birga keladi.
Ishlatish
zup apk # Release APK (ABI bo'yicha bo'lingan)
zup apk --arm64 # Eng tez: faqat arm64
zup aab # Google Play uchun App Bundle
zup hammasi # APK + AAB
zup update # Yangilash
zup --help # YordamFoydali parametrlar
| Parametr | Ta'rif |
|----------|--------|
| --arm64 | Faqat arm64 — 2-3x tezroq |
| --clean | Avval flutter clean |
| --obfuscate | Dart kodini yashirish |
| -o, --out C:\papka | Boshqa papkaga chiqarish (faqat shu safar) |
| --save | Berilgan sozlamalarni doimiy qilib saqlash |
| --open | Tugagach papkani ochish |
| -v | Versiyani ko'rsatish |
| -V | Batafsil log |
📁 Fayllar qayerga tushadi?
Standart holatda tayyor APK ish stoliga (Desktop) tushadi. Buni bir marta
sozlab qo'ysangiz, keyin har safar --out yozib o'tirish shart emas:
zup config # sozlamalar menyusi (eng oson yo'l)
zup config --out D:\APK # papkani darhol o'rnatish
zup config reset # ish stoliga qaytarish
zup apk --out D:\APK # faqat shu safar boshqa papkaga
zup apk --out D:\APK --save # shu papkani doimiy qilib saqlashzup config menyusi orqali quyidagilarni sozlash mumkin:
- Fayllar tushadigan papka
- Yig'ish tugagach papkani avtomatik ochish
- Doim faqat arm64 yig'ish (eng tez rejim)
Sozlamalar ~/.zup/config.json faylida saqlanadi.
Yangilanish
zup updateBoshqa hech narsa yozish kerak emas — zup npm dan yangi versiya bor-yo'qligini tekshiradi, bo'lsa o'rnatadi va o'zini qayta tayyorlaydi.
Tool har safar ishga tushganda ham tekshirib turadi:
╭────────────────────────────────────────────────────────╮
│ 💡 Yangi versiya mavjud! │
│ Hozirgi: 1.4.0 → Yangi: 1.5.0 │
│ │
│ Yangilash: zup update │
╰────────────────────────────────────────────────────────╯Nima uchun tezroq?
| Usul | Foyda |
|------|-------|
| Inkremental build | flutter clean qilinmaydi |
| Gradle optimization | daemon + parallel + cache |
| Kotlin incremental | Minimal qayta kompilyatsiya |
| RAM tuning | GC va swap muammolarini oldini oladi |
| --arm64 | AOT 1 marta (3 ta emas) |
Talablar
- Flutter SDK (PATH da) — Dart u bilan birga keladi
- Android SDK + JDK
- Node.js 14+ (npm uchun)
Alohida Dart SDK o'rnatish shart emas.
Qanday ishlaydi?
npm paketida tayyor .exe yo'q — zup sizning kompyuteringizda, sizning
Dart SDK ingiz bilan yasaladi.
Sabab: Windows 11 dagi Smart App Control internetdan kelgan imzolanmagan
.exe fayllarni ishga tushirishga ruxsat bermaydi. Mahalliy yasalgan fayl
esa bu muammoga duch kelmaydi.
Agar Windows baribir bloklasa, zup buni o'zi sezadi va manba koddan ishga tushadi — hech narsa qilishingiz shart emas, faqat boshlanishi bir necha soniya sekinroq bo'ladi.
Litsenziya
MIT License - LICENSE
